«Mançester Siti» klubi rasmiy sayti Holand transferi böyiça Dortmund klubi bilan kelişuvga erişganini ma’lum qildi. Unga köra, Erling 1 iyul kuni Mançester klubi a’zosiga aylanadi. 

«Transfer futbolçining şartnomasi böyiça kelişuvga erişilgaç, rasmiylaştiriladi», - deyiladi klub xabarida.

The Guardian'ning yozişiça, norvegiyalik 21 yoşli futbolçi «şaharliklar» bilan 5 yillik şartnoma imzolaydi va haftasiga 350 ming funt maoş oladi. Şuningdek, bonuslar közda tutilgan.

21 yoşli norvegiyalik forvard 9 may kuni «Mançester Siti» uçun tibbiy körikdan ötib, yana Dortmund klubi safiga qaytgan.

Sky Spors xabariga köra, «Mançester Siti» rahbariyati Holand uçun uning şartnomasida körsatilgan 75 million yevro tovon pulini tölaydi.

Ma’lumot uçun, Erling joriy mavsum klubi safida jami 29 öyinda 28ta gol va 7ta assistga mualliflik qilgan.