Malayziya 6 martdan Şimoliy Koreya fuqarolari uçun vizasiz tartibni bekor qilmoqda.
Reuters’ning Malayziya boş vaziri örinbosari Ahmad Zohid Hamidiga asosan xabar berişiça, Şimoliy Koreya fuqarolari Malayziya hududiga kirişlari uçun viza olişlari kerak böladi.
Xabar qilinişiça, uşbu qaror Malayziya hududida Kim Çen Namning öldirilişidan söng qabul qilingan.
Avvalroq Malayziya prokuraturasi Kim Çen Namning qotilligi böyiça ikki şaxsga ayblovlar qöygani haqida xabar bergandik.
13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida ikki ayolning hujumidan söng erkak hayotdan köz yumdi. Malayziya hukumati halok bölgan şaxs KXDR yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Nam ekanini tasdiqladi. Şu bilan birga, genetik tahlil hozirça ötkazilmadi.
Kim Çen Namning yuzidan ekspertlar VX asab-falajlovçi zaharli modda izlarini topişdi.













