Özbekistonda yana bir sanoat zonasi - «Möynoq» kiçik sanoat zonasi barpo etiladi. Prezident bu sanoat zonasida tadbirkorlarga alohida, respublikada öxşaşi bölmagan, imtiyoz va preferensiyalar taqdim etgan.
28 fevral kuni prezident «Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantiriş va bandlikni ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorini qabul qildi.
Qarorga köra, Möynoq tumanidagi sobiq «Möynoq baliq konserva kombinati» hududida 16 gektar va sobiq 5-quriliş boşqarmasi hududida 4,5 gektar, jami 20,5 gektar maydonda elektrotexnika, quriliş materiallari, suğoriş uskunalari, suv nasoslari, suv hisoblagiçlari, suv quvurlari, tayyor trikotaj, tikuvçilik va boşqa zamonaviy mahsulotlarni işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça «Möynoq» kiçik sanoat zonasi barpo etiladi.
Prezident «Möynoq» kiçik sanoat zonasida tadbirkorlik sub'yektlariga soliqlar böyiça ulkan imtiyozlar taqdim etişga körsatma bergan.
Jumladan, sanoat zonasi hududida yangi taşkil etiladigan va uning maydonida sanoat sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub'yektlari 10 yil muddatga (2017 yilning 1 aprelidan 2027 yilning 1 yanvariga qadar) barça turdagi soliqlardan ozod etiladi:
«Möynoq» kiçik sanoat zonasida qayta yaratilgan va tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan sanoat sohasidagi korxonalar soliqlarning barça turidan;
Möynoq tumani hududida röyxatdan ötgan va öz faoliyatini olib borayotgan yakka tadbirkorlar qat'iy belgilangan soliqdan;
Tuman hududida röyxatdan ötgan va öz faoliyatini olib borayotgan yuridik şaxslarning ta'sisçilariga tölanadigan dividend körinişidagi daromadlarga solinadigan soliqlardan ozod etiladi.
Bundan taşqari, tadbirkorlar Möynoq tumanida joylaşgan va foydalanilmayotgan böş davlat obektlarini ön yilgaça muddatga yangi iş örinlari yaratiş şarti bilan ijara haqining «nol» stavkasi böyiça ijaraga olişi mumkin.
Dasturda alohida urğu sayyohlik salohiyatini yaratişga berilgan. Şuningdek, hujjat Möynoq şahrini obodonlaştiriş böyiça katta kölamdagi işlarni olib borişni közda tutadi.












