Şarqiy Belfastda yaşovçi Jon Edvards giyohvandlik va depressiyadan aziyat çekuvçi kişilarga muhim xabarni yetkaziş maqsadida "özini tiriklayin dafn qildirdi". Bu haqida "Layf" naşrida xabar berildi. 

Hozirda "tiriklayin kömilgan" tobutdan töğridan-töğri translyatsiya olib bormoqda va giyohvand moddalarga moyillik hamda suiqasd haqidagi fikrlardan xalos bölişni istayotganlar uçun maslahatlar bermoqda. Uning aksiyasi uç kun davom etadi: bu vaqt içida Jon butun dunyodagi yordamga muhtoj kişilardan qönğiroqlar qabul qiladi va xatlar öqiydi. 

Jonning özi ham ötmişda giyohvand moddalarga tobe'lik bilan kuraşgan. Uning giyohvand moddalarsiz hayot keçirayotganiga 25 yil böldi. Şuningdek Jon giyohvand moddalarga qaramlik va  depressiyadan aziyat çekuvçi kişilar uçun xayriya fondini taşkil qildi.

Mazkur uç kunlik aksiya şu ikki muammoga köproq e'tibor qaratişga yönaltirilgan. Jon joylaşgan tobut maxsus jihozlangan: u barça zarur elektr uskunalari va internet bilan ta'minlangan. 

Jon 1 mart kuni Uilloufild çerkovida "dafn qilingan". Uning translyatsiyasini #GraveChat tegi orqali köriş mumkin.