Polşada mamlakat boş vaziri Donald Tusk va mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamişga nisbatan suiqasd uyuştirişga tayyorgarlik körişda gumonlanayotgan şaxs qölga olindi. Bu haqda içki işlar vaziri Marsin Kervinskiy maʼlum qildi.
Tuskning özi ham bu maʼlumotni tasdiqladi.
«Hujum qiliş bilan tahdid qilgan erkak uşlandi. Tezkor va qatʼiy harakati uçun politsiya xodimlariga minnatdorlik bildiraman»,- deb yozdi u X ijtimoiy tarmoğida.
Qölga oliş tafsilotlari va erkakning şaxsiga oid maʼlumotlar keltirilmagan.
Avvalroq Polşa politsiyasi elektron poçta orqali hujumga tayyorgarlik körilayotgani aytilgan maktub olgandi. Polşa içki xavfsizlik agentligining antiterror xavfsizlik markazida şoşilinç yiğiliş ötkazilgan va maxsus xizmatlar vakili Yatsek Dobjinskiy yiğilişdan söng hukumat bu tahdidga «öta jiddiy» yondaşişini maʼlum qilgandi.











