Polşa Içki xavfsizlik agentligi (ABW) 20-avgust kuni Varşavada Ukraina fuqarosi Sergey P. qölga olingani haqida ma’lum qildi. U Ukraina mudofaa sanoatining nomi oşkor etilmagan vakiliga suiqasd uyuştirişga uringanlikda gumon qilinmoqda.
Ma’lum qilinişiça, 63 yoşli Sergey P. aslida 5-avgust kuni uşlangan.
ABW bayonotiga köra, suiqasd Ukraina Kiyev viloyatining Irpen şahrida amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Gumondor ehtimoliy qurbonning avtomobili tagiga portlovçi qurilma örnatgan.
Tergov versiyasiga köra, avtomobil masofadan turib portlatilişi kerak bölgan. Biroq mexanizm işlamagan va portlaş sodir bölmagan. Şundan keyin gumondor Ukrainadan çiqib, Polşaga yöl olgan.
Polşa tergov organlari Sergey P. Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi asosida harakat qilgan deb hisoblamoqda. Varşava sudi uni noqonuniy yöl bilan olingan portlovçi moddalardan foydalanib odam öldirişga uriniş ayblovi böyiça uç oy muddatga hibsga olgan.
Rossiya maxsus xizmatlari bilan boğliq boşqa işlar
Sönggi vaqtlarda Polşada Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqadorlikda gumon qilingan şaxslarni qölga oliş holatlari haqida tez-tez xabar berilmoqda.
13-avgust kuni Polşada Rossiya fuqarosi uşlangani ma’lum bölgan. U AQŞ va Ukraina fuqaroligiga ega şaxsni öldirişga tayyorgarlik körişda gumon qilingan.
RMF FM radiostansiyasi ma’lumotiga köra, uşlangan şaxs Donbassda tuğilgan bölib, ukrainalik reper Albert Vasilev - Kyivstonerʼga suiqasd uyuştirişni rejalaştirgan.
Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) musiqaçini Moskva viloyatidagi strategik korxonaga keng kölamli dron hujumini taşkil etişda ayblagan edi. Kyivstoner esa bu ayblovlarni qat’iyan rad etgan.
Bundan taşqari, iyul oyida Polşada 18 yoşli Ukraina fuqarosiga ham ayblov e’lon qilingan. Tergov versiyasiga köra, u Rossiya maxsus xizmatlarining topşiriği bilan Kiyev va Varşava örtasidagi munosabatlarda keskinlik keltirib çiqarişga qaratilgan diversiya harakatlarini amalga oşirgan.
Polşa prokuraturasi ma’lumotiga köra, gumondor 2024–2025-yillarda jami 47 ta jinoiy harakat sodir etgan. Ular orasida yodgorliklarni, jumladan, Ukraina isyonçilar armiyasi (UIA) qurboni bölgan polyaklarga bağişlangan memoriallarni tahqirlaş holatlari ham bor.













