Çeçeniston rahbari Ramzon Qodirov jamoat joylarida musulmonlarning an'anaviy liboslarini kiyib yurişni taqiqlaş haqida taklifni tanqid qildi. Bu haqda TASS “Rossiya 1” telekanali efiriga asoslanib xabar bermoqda.

“Bunday taqiq Rossiya jamiyati uçun falokatlidir, sababi biz Rossiya fuqarolarimiz, [bu] köpmillatli va köpdinli mamlakat”, - dedi Qodirov.

Çeçeniston rahbarining aytişiça, Rossiyada yaşovçi musulmonlar uning teng huquqli fuqarolari sanaladi. “Biz öz davlatimizni madaniyat va dinlardagi urf-odatlarga rioya qilgan holda mustahkamlaşimiz kerak, şunda heç kim bizni mağlub eta olmaydi”, - deya ta'kidlab ötdi u.

31 yanvar kuni Butunrossiya jamoatçilik fikrini örganiş tadqiqot markazi sörov natijalarini e'lon qildi. Unga köra, maktablarda hijob kiyib yurişga taqiqni köpçilik rossiyaliklar qöllab-quvvatlaşgan.

24 yanvar kuni esa Rossiya ilm-fan va ta'lim vaziri Olga Vasileva Mordoviyaning Belozere qişloğidagi vaziyatga izoh bera turib ( u yerda öqituvçi va öquvçilardan römol örab yurişdan voz keçişni talab qilişdi), Rossiyadagi ta'limning dunyoviy ekanini eslatdi. Şundan söng Tatariston muftiysi Komil Samigullin Vasileva musulmonlarning tarixiy qadriyatlariga qarşi borayotganini ma'lum qildi.

2015 yilning fevralida Rossiya oliy sudi Mordoviya maktablarida hijoblar va boşqa diniy kiyimlar, bundan taşqari, kalta yubkalar, jinsilar, oçiq-soçiq kiyimlarni kiyib yurişga qöyilgan taqiqni qonuniy, deb tan oldi. Avvaliga taqiq uşbu respublika hukumati tomonidan qöyilgandi.