Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi tartib-intizom qömitasi «Real» hujumçisi Garet Beylni ikki uçraşuvga çetlatiştirdi. Bu haqda Marca naşri xabar tarqatmoqda.

Uelslik futbolçi «Las-Palmas»ga qarşi uçraşuvda raqibini turtib yuborgani uçun hakam tomonidan qizil kartoçka bilan siylangandi. Endilikda futbolçi La-liga doirasidagi «Eybar» va «Betis»ga qarşi uçraşuvlarni ötkazib yuborişi kerak böladi.

Bundan taşqari, «Real» 700 yevro, Beylning özi esa 600 yevro miqdorida jarimaga tortilgan.

Madridliklar rahbariyati bu qaror yuzasidan şikoyat xati tayyorlab jönatişgan.