Boks böyiça Parij Olimpiadasi çempioni Lazizbek Mullajonov doping sabab sport musobaqalaridan vaqtinça çetlaştirildi. Özbek sportida bu kabi holatlar köp kuzatilgan. Xususan, erkin kuraşçi Artur Taymazovning ikkita oltin medali olib qöyilgan bölsa, Abdulla Tangriyevga 2012 yildagi London Olimpiadasida qatnaşiş taqiqlanadi. Özbekiston milliy jamoasi sobiq darvozaboni Ignatiy Nesterov ham sakkiz oy rasmiy futbol öyinlarida öynamagan.
Boksçi Lazizbek Mullajonov doping testi natijasi tufayli sport musobaqalaridan vaqtinça çetlaştirildi. Qayd qilinişiça, Mullajonovning 2025 yil 11 iyunda topşirgan namunasida metasteron aniqlangan.
Metasteron – taqiqlangan modda bölib, muşaklarning tez ösişiga, kuç va çidamlilikni oşirişga yordam beradigan sintetik steroid. Uni iste’mol qiliş musobaqa paytida ham, undan taşqarida ham taqiqlangan. Sportçi uşbu holat haqida xabardor qilingan va B namunasini tahlil qilişni söraş huquqiga ega.
Özbekiston boks federatsiyasi sportçiga şifokor tomonidan berilgan dori vositalarida ayrim taqiqlangan doping moddalari bölişi mumkinligini taxmin qilyapti.
Lazizbek Mullajonov 26 yoşda. 2024 yilgi yozgi Olimpiadada u 92 kg vazn toifasida oltin medalni qölga kiritgan edi. Şuningdek, 2023 yilgi jahon çempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi.
Sönggi yillarda dunyo miqyosida ham maşhur sportçilarning doping qabul qiliş yoki antidoping agentliklariga notöğri ma’lumot taqdim etişi ortidan çetlatilişlar köpaydi. Quyida xuddi şu sababga köra katta sportdan diskvalifikatsiya qilingan taniqli özbek sportçilarini keltirib ötamiz.
Artur Taymazov
Erkin kuraş böyiça Özbekiston delegatsiyasi safida 4 ta Olimpiadada iştirok etib, şularning uçtasida oltin, bittasida kumuş medalga ega çiqqan Artur Taymazov ham doping bilan boğliq jiddiy muammolarga uçragan. Jumladan, uning 2008 yildagi Pekin va 2012 yildagi London Olimpiadalarida qölga kiritgan oltin medallari olib qöyildi. Bunga sportçining doping namunasini takroran tekşiruvdan ötkaziş vaqtida taqiqlangan turinabol moddasi aniqlangani sabab sifatida keltiriladi.













