Taekvondo böyiça ikki karra Olimpiada çempioni Uluğbek Raşidov özining Instagram sahifasi orqali nima sababdan ikki yilga diskvalifikatsiya qilinganiga izoh berdi.

«Assalomu alaykum, aziz döstlar. Köplaringiz eşitgan bölsangiz kerak, men ikki yilga diskvalifikatsiya qilindim. Lekin men bir narsani aniq aytmoqçiman: bu diskvalifikatsiya taqiqlangan dori vositalarini qabul qilganim uçun emas, balki joylaşuv böyiça qoidalarga rioya qilmaganim uçun berildi.

Bu men uçun oğir, lekin saboqli bir tajriba böldi. Biz yanada kuçliroq qaytamiz, Alloh xohlasa. Menga işongan va qöllab-quvvatlagan barçaga çeksiz minnatdorçilik bildiraman», — deb yozadi u.

Raşidovning sözlariga köra, har bir sportçi har kuni özining joylaşuvi, qayerda tunaşi va qayerga uçişi böyiça dasturni töldirişi kerak.

«Mening holatimda ertalabki soat 06:00 da kelişdi. Bu noyabr oyida sodir bölgandi. Mening dasturimda keçki soat 21:00 körsatilgan bölsada, ertalab soat 6 da kimdir kelişi mumkinligini umuman kutmagan edim. Hatto menga qönğiroq ham qilişmadi, faqat SMS yuborişdi…», — deydi sportçi.

Şundan keyin Uluğbek Raşidovga mazkur holat qoidabuzarlik hisoblanişi va şu boisdan diskvalifikatsiya qilişini töğrisida xat yuborilgan.

«Oxirgi marta 22 aprelda kelişib, mendan doping uçun namunalar olişdi. Ular toza ekanimga işonç hosil qilişdi va şunday qarorni qabul qilişdi», — deydi ikki karra Olimpiada çempioni.

Xalqaro doping testdan ötkaziş agentligiga (ITA) köra, 23 yoşli sportçi 12 oy içida uç marta qayerda ekani haqida ma’lumot bermagan. Bunday xatti-harakatlar antidoping buzilişi sifatida tasniflanadi, çunki ular avvaldan e’lon qilinmagan musobaqadan taşqari testlar ötkazişga tösqinlik qiladi.

Diskvalifikatsiya muddati 2025 yil 13 maydan, ixtiyoriy ravişda vaqtinçalik töxtatib turiş sanasidan boşlab belgilanadi va 2027 yil 12 maygaça davom etadi.