«Barselona» hujumçisi Lionel Messi Ispaniya çempionatining 26-turidan örin olgan «Selta» bilan uçraşuvda (5:0) kiritilgan golni nişonlay turib, «menga qönğiroq qil» işorasini qildi. U bu imo-işora kimga atalganini aytdi.
Argentinalik uşbu uçraşuvda dubl qayd etdi. U 24-daqiqada hisobni oçdi, golni nişonlaşdan söng esa tribunalar tomonga qöli bilan «menga qönğiroq qil» işorasini körsatdi.
Bu vaqtda Lionel «Kamp Nou» stadioni vip-lojasi tomon qaragani uçun futbolçi klub rahbariyatiga yangi şartnoma borasida özining otasiga qönğiroq qiliş kerakligini aytdi, degan fikrlar paydo böldi. Ammo aslida argentinalik futbolçining xatti-harakatlari ostida boşqa ma'no yotgani aniq böldi.
AS naşri tarqatgan xabarga köra, Lionel bunday imo-işora orqali öz jiyaniga murojaat qilgan. Jiyan öyin kuni Messiga bir neça marta qönğiroq qilgan, ammo bahsga tayyorgarlik körayotgan Leo uning qönğiroqlariga javob bera olmagan. Messi esa gol urganidan keyin jiyanidan yana qönğiroq qilişni söragan.












