Ostonada Suriyadagi vaziyatni hal qiliş böyiça yangi uçraşuv 14-15 mart kunlari bölib ötadi, uning şakli va darajasi sulhga kafil bölgan davlatlar tomonidan muhokama qilinmoqda. Bu haqda Qozoğiston taşqi işlar vaziri Qayrat Abdrahmonov duşanba kuni ma'lum qildi.

"Kafil-davlatlar Ostonadagi uçraşuv böyiça maslahatlaşuvlarni ötkaziş muddati yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Dastlabki ma'lumotga köra, Jyenevada ma'lum qilingan – 14-15 mart kunlari saqlanib qolmoqda", - dedi TIV rahbari.

Şu bilan birga, uning ta'kidlaşiça, Suriya muxolifati vakillari bir qator masalalar böyiça öz taşvişlarini bildirişgan. "Men Jyenevada muxolifatning bir neça vakillari bilan suhbatlaşişga muvaffaq böldim, ular ayni damda sulh rejimi böyiça erişilgan kelişuvlarga töla amal qilinmayotganidan taşvişda. Ularning fikriça, şuningdek harbiy asirlarni ozod qiliş, sulh rejimi doirasiga tuşgan tumanlarni aniqlaş masalasi ham mavhumligiça qolmoqda. Biz bu qaraşni kafil-davlatlar vakillariga yetkazdik", - deya xabar berdi Abdrahmonov.

Qozoğiston poytaxtida Suriyadagi vaziyatni hal etiş böyiça sönggi xalqaro uçraşuv 15-16 fevral kunlari bölib ötdi. Iştirokçilar öt oçişni töxtatiş rejimi va Jyenevadagi Suriya böyiça maslahatlaşuvlar istiqbollarini muhokama qilişdi. Qozoğiston poytaxtida sulhga kafil-davlatlar (Rossiya, Eron, Turkiya), şuningdek Iordaniya, AQŞ va BMT, rasmiy Damaşq delegatsiyalari va qurollangan muxolifat vakillari iş olib bordi.