RF Moskva viloyatida parranda grippining yirik öçoği qayd etildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» agentligi öz manbasiga tayangan holda. 

Uning sözlariga köra, Podmoskovedagi ikkita parranda fabrikasida şunday holat qayd etilgan. Birinçisi Şelkovskiy tumanidagi Biokombinat hududida, ikkinçisi Sergiyevo-Pasad tumanidagi fabrikada aniqlangan. 

«28 fevral kungi biomaterial tahlili parranda grippiga ijobiy natija körsatgan», — deb hikoya qilgan agentlik manbasi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, «400 mingdan 4 mlngaça parranda öldiriladi».

Sergiyevo-Posadskiy tumani ma'muriyati sayti «Smena» nomli fabrikada parranda grippi holatlari qayd etilganini tasdiqlagan. 

«Jiddiy tahlillar natijasida H5N8 grippini aniqladi. Virusologlarning fikriça, bu ştamm odamlarga xavf solmaydi, biroq parrandalar uçun juda xavfli», — deyiladi xabarda.

Hozirda, mutaxassislar tumandagi barça parranda xöjaliklarini tekşiruvdan ötkazmoqda. Biroq, Şelkovskiy tumanidagi vaziyat böyiça rasmiy ma'lumotlar mavjud emas.