Bangkokdagi Çulalongkorn universiteti veterinariya kafedrasi xodimlari Yiğuvçi deb nom berişgan toşbaqa oşqozonidan beş kg tanga çiqarib olişdi. Bu haqda Bangkok Post naşri yozmoqda.
Sunday World naşri ma'lumotlariga köra, 25 yoşli urğoçi dengiz toşbaqasi 915 dona tangani yutişning uddasidan çiqqan. Jarrohlik amaliyoti 4 soat davom etgan. «Uning şunçalik köp miqdordagi tangalarni qanday yutganini tasavvur qiliş qiyin», —deydi veterinar Pasakorn Briksvana. Uning sözlariga köra, u bu kabi holatga ilk marta duç kelgan.
Hayvon bir hafta veterinarlar körigida qoladi, şundan söng, dengiz toşbaqalari boği – Sea Turtle Conservation Center ixtiyoriga yuboriladi.
Köplab xorijlik sayyohlar Taylandga yana qaytiş istagida ayrim gap-sözlarga işonib, toşbaqalarga tangalar taşlaşadi. Mahalliy aholi uzoq umr köriş niyatida şunday qilişadi.

















