Bu haqda Tayland raqamli iqtisodiyot va raqamli jamiyat vaziri Pxuttxipxong Punnakanga tayanib Nation gazetasi xabar berdi.
Uning sözlariga köra, vazirlik ijtimoiy tarmoqlar va internet sahifalarida yolğon xabarlar, ayniqsa yangi koronavirus tarqalişi töğrisidagi yolğon xabarlarni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
"Ayni vaqtga kelib ijtimoiy tarmoqlar va internet saytlarida epidemiya töğrisida yolğon xabar tarqatayotgan 15ta manba aniqlandi. Bu iş böyiça olti kişi uşlandi. Ulardan ikki nafari hibsga olindi, qolganlari xabarlarni qasddan tarqatmaganligi uçun tuşuntiriş işlari olib borilganidan söng qöyib yuborildi", - dedi Punnakan.
Keyingi kunlarda Tayland ijtimoiy tarmoqlarida mamlakatda koronavirus bilan zararlanganlar soni hukumat ma'lum qilganiga nisbatan ança köpligi, ölim holatlari yaşirilayotgani töğrisida vahimali xabarlar tarqatilmoqda.


















