Tailand hukumati turistlar uçun mamlakatga kirişga joriy etilgan barça koronavirus çeklovlarini olib taşlaşga qaror qildi. Bu haqda Bangkok Post gazetasi mamlakat soğliqni saqlaş vaziri Anutin Çarnvirakulga tayanib xabar berdi.  

Çarnvirakulning sözlariga köra, 1 oktyabrdan boşlab sayyohlarning Tailandga kirişda emlanganlik töğrisida sertifikat yoki manfiy test taqdim etişlariga hojat qolmaydi.

Bundan taşqari, 1 oktyabrdan boşlab COVID-19ning yengil simptomlari bilan oğriganlar özini özi izolyatsiya qiliş rejimiga amal qilişlari şart bölmaydi. Ammo ularga beş kun davomida niqob taqiş, ijtimoiy masofaga rioya qiliş tavsiya etiladi.

Ma’lumot berilişiça, Tailandga kiriş uçun sayyohlar koronavirusga qarşi emlanganlik töğrisidagi sertifikatni taqdim etişi yoki parvozdan oldin va Tailandga uçib kelganidan söng koronavirusga manfiy test topşirişi lozim edi.