Tayland qirollik jamiyati ofisi (ORST) Bangkok şahri nomi Krung Txep Maxa Nakxon deb özgartirilişini ma’lum qildi. Bu haqda Bangkok Post naşri xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda uşbu qaror tanqid qilinganidan söng ORST şaharning avvalgi nomi rasmiy hujjatlarda yangi nomdan söng qavs içida körsatilişini ma’lum qildi. 

15 fevral kuni hukumat boş vazir ofisining tegişli qonun loyihasini ma’qullagandi.

Krung Txep Maxa Nakxon — bu dunyodagi eng uzun nom sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan şahar nomining qisqartirilgani hisoblanadi. 

Poytaxtning töliq nomi 168 belgidan iborat bölib, Krungthepmahanakhonamonrattanakosinmahintharaayuthayamahadilokphopnoppharatratchathaniburiromudomratchaniwetmahasathanamonpimanawatansathitsakkathattiyawitsanukamprasit deb aytiladi. Uning tarjimasi «Fariştalar şahri, buyuk şahar, abadiy xazina şahri, ma’bud Indra şahri, dunyoning buyuk poytaxti, töqqiz qimmatbaho toş bilan siylangan, baxtli şahar, farovonlikka töla ulkan qirol saroyi, tangri makonini eslatuvçi joy, Indra sovğa qilgan va Vişvakarman tomonidan qurilgan şahar» degan ma’noni bildiradi.