Tayland hukumati mamlakat turizm boşqarmasining xorijlik turistlarning qirollikda vizasiz yuriş muddatini uzaytiriş töğrisidagi taklifini ma’qulladi.
19 agust kuni qabul qilingan qarorga köra, 2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 31 martgaça mamlakatga viza olmasdan kiriş huquqiga ega xorijliklar uçun vizasiz yuriş muddati hozirgi 30 kundan 45 kungaça uzaytirildi.
Qirollikka kelişi bilan viza oladigan davlatlar, xususan, Özbekiston fuqarolari uçun bu muddat 15 kundan 30 kungaça uzaytirildi.
Taylandda ötgan yil boşida ham ana şunday amaliyot joriy etilgan, mamlakatda vizasiz yuriş muddati 2021 yil yanvaridan sentabrigaça 30 kundan 45 kungaça uzaytirilgandi.

















