Twitter, Instagram, Facebook, YouTube va boşqa ijtimoiy servislardan köp foydalaniş insonning yolğizlanib qolişiga olib kelar ekan. American Journal of Preventive Medicine tibbiy jurnalida çop etilgan tahlil natijalari şundan dalolat bermoqda.
Tadqiqotçilar ijtimoiy tarmoqlar yolğizlik hissi va muloqot yetişmovçiligidan xalos bölişga yordam bermasligi, aksinça - ularni kuçaytirişini aniqlaşdi. Bunga qadar esa olimlar izolyatsiya hissini yoşlar orasidagi yuqori ölim körsatkiçlari bilan boğlaşgan edi.
Media, texnologiya va salomatlik tadqiqot markazi direktori Brayan Praymakning sözlariga köra, ruhiy salomatlik va ijtimoiy izolyatsiya masalasi yoşlar orasida epidemiya darajasigaça kötarilgan.
"Biz tabiatimizga köra, ijtimoiy mavjudotmiz, biroq zamonaviy hayot bizni yaqinlaştiriş örniga bir-birimizdan uzoqlaştirmoqda. Aftidan, ijtimoiy media muloqotdagi böşliqni töldiriş imkonini beradi, biroq tadqiqot bu insonlar umid qilişi mumkin bölgan yeçim emasligini körsatdi".
Brayan Praymak, yetakçi tadqiqot muallifi
2014 yilda Praymak hamkasblari bilan birga 19-32 yoşlardagi 1787 nafar amerikalikni söroq qilişdi. Sörovnoma mavzusi eng maşhur 11 ijtimoiy tarmoqdan foydalanişga qaratilgan edi. Şundan söng ular kompyuterdagi testlar va bir neça psixologik sörovnomalar yordamida respondentlarning ijtimoiy izolyatsiya darajasini aniqlaşdi.
Ma'lum bölişiça, kuniga ikki soatdan köp vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda ötkazuvçi ösmirlar internetga 30 daqiqadan kam vaqt sarflovçi tengdoşlariga qaraganda yolğizlikdan ikki barobar köp aziyat çekişar ekan. Şuningdek bir haftada 58 marta ijtimoiy tarmoqlarni ziyorat qiluvçi respondentlar ijtimoiy tarmoqlarga haftasiga töqqiz martagaça kiruvçi sörovnoma iştirokçilariga nisbatan uç karra köp yolğizlikka moyil bölişar ekan.
Tadqiqot mualliflarining ta'kidlaşiça, ijtimoiy tarmoqlarning ziyoni haqida uzoq muddatli xulosalar qilişga hali erta. Zero ular dastlab nima paydo bölgani - yolğizlik hissimi yoki ijtimoiy tarmoqlarga qiziqiş - bilişmaydi.
"Ehtimol, dastlab özlarini yolğiz his qilgan yoşlar ijtimoiy tarmoqlarga qiziqiş bildirişgan yoki ijtimoiy tarmoqlardan köp foydalaniş haqiqiy hayotdan ajralib qolişga olib kelgan. Bu ikki omil uyğunligi ham bölişi mumkin".
Elizabet Miller, tibbiyot fanlari doktori va pediatriya professori
Olimlarning fikriça, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilarning böş vaqtini olib qöyadi, ular bu vaqt davomida real insonlar bilan muloqot qilişlari mumkin. Bundan taşqari, ijtimoiy tarmoqlar hamkasblar va döstlar hayotini kuzatiş imkonini beradi, buning natijasida odamlarda hasad yoki öz hayotidan qoniqmaslik hissi paydo bölişi mumkin.












