Jinoyat işlari böyiça Urgut tuman sudida Tojikistondan Özbekistonga narkotik moddalar yetkazib beriş böyiça kanal taşkil qilgan ikki narkofuruş ustidan sud bölib ötdi, deb xabar bermoqda Sputnik sud vakiliga asosan.
Urgut tumanilik ikki şaxs - Isroil Rahimov va Dilmurod Abdullayev jinoiy guruh taşkil etişgan va qöşni Tojikistondagi narkofuruşlar bilan aloqa örnatişgan. Birgalikda jinoyatçilar narkotik moddalarni yetkazib beriş böyiça kontrabanda kanalini yölga qöyişgan.
"Isroil Rahimov va Dilmurod Abdullayev avvaldan kelişilgan reja asosida tojik hamtovoqlaridan yirik hajmdagi afyun moddasini olişgan. Ular bu moddalarni Urgut tumanidagi Çep aholi punkti hududida yaşirişgan", - deya xabar berdi sud vakili.
Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jinoyatçilar viloyat hududi va undan taşqarida narkotik moddalarni ötkaziş uçun imkoniyat qidirişgani aniqlandi.
MXX xodimlari maxsus amaliyot doirasida Isroil Rahimovni qölga oldi va uning yaşaş joyida tintuv ötkazildi, u yerda qariyb 4 kilogramm afyun topildi. Uning hamtovoği Dilmurod Abdullayev esa Toşkentda qölga olindi. Uning yaşaş joyi közdan keçirilganda, taxminan 5 kilogramm afyun moddasi topildi.
Sudda jinoyatçilar öz aybini tan olişdi. Ayblanuvçilarning har biri 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi.












