Xitoyning Hongkong ma'muriy tumani bojxona xizmati salkam 1280 kg quritilgan nahang qanotlarini musodara qildi, deb xabar qilmoqda Sinxua agentligi.

Xabarlarga köra, quritilgan qanotlar Hongkongga Keniya, Peru, Hindiston va Misrdan kelgan 4ta konteynerda bölgan. Ular yöqolib ketiş ostonasida turgan uzunqanotli va tömtoqboşli nahanglarga tegişli bölgani aniqlangan. 

Mahsulotlar Kuyçun bojxona punktida musodara qilingan. Maxsus amaliyot Hongkong qişloq xöjaligi, baliqçilik va atrof-muhitni muhofaza qiliş departamenti va bojxona xizmati bilan hamkorlikda amalga oşirilgan. Hozirda suriştiruv işlari olib borilmoqda.