Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirining «Qoraqalpoğiston Respublikasi hududida joylaşgan xöjalik obektlarini hamda fuqarolar xonadonlarini qöriqlovga oliş maqsadida, şahar va tumanlar hududida “Soqçi” tadbirini ötkaziş töğrisida»gi 18-sonli farmoyişiga asosan tarğibot-taşviqot işlari olib borildi. Bu haqda Kruz.uz QR IIV xuzuridagi Qöriqlaş boşqarmasi boşliği örinbosari mayor T.Berdaxovga asosan xabar berdi.

Tadbir boşidan şahar va tuman IIB huzuridagi qöriqlaş bölinmalari tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik va boşqa har xil turdagi obektlarda hamda köp qavatli aholi turar-joylarda sodir etilişi mumkin bölgan huquqbuzarlik jinoyatlarining oldini oliş maqsadida texnik qöriqlaş punktlari qöriqloviga topşiriş afzalliklari töğrisida tarğibot-taşviqot işlari ötkazildi. 

Olib borilgan işlar natijasida qöriqlaş xizmatiga 17ta obekt va 10ta fuqaro xonadonlari qöriqlovga olindi hamda xalq xöjaligi obektlarida 62ta mayda talon-tarojliklar sodir etilişi holatlari aniqlanib, 6 million 443 ming 850 sömlik moddiy-tovar boyliklar mulk egalariga qaytarildi va mayda öğirliklarni sodir etgan şaxslarga ma'muriy tartibda jami 3 million 559 ming 657 sömdan ortiq jarimalar solindi.