Qozoğistonda olmaotalik qiz Uber taksiga buyurtma berganidan söng örindiqlar örniga yoğoç stullar qöyilgan mikroavtobus keldi. Bu haqida Tengrinews xabar berdi. 

Buyurtmaçining sözlariga köra, u 6 mart kuni ilova orqali maşina çaqirtirgan.

"Biz onam bilan salonga kirib, u yerda turgan yoğoç stullarni körib juda ajablandik - haydovçi bizni şu stullarga ötirişga taklif etdi. Biz kula boşladik. U yerda haqiqatda ikki yoğoç stul turgandi", - deydi qiz.

Qiz buning aqlga siğmasligi, axir Uber'ning öz standartlari va avtomobillarga bölgan talablari mavjudligiga işora qildi. 

"Men şoşilayotgandim, şuning uçun qayta buyurtma bermadim", - deydi u. 

Uber ma'muriyati bu voqeadan taajjubga tuşgani bildirib, haydovçiga nisbatan çora körilganini ta'kidladi. 

Tengrinews ma'lumotlariga köra, stulli maşina haydovçisining reytingi 5 (maksimal) bal bölgan.