Joriy yilning 8 mart kuni Andijon şahrida Özbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi raisining birinçi örinbosari Umid Axmadjonov boşçiligida bölib ötgan hisobot-saylov anjumanida Assotsiatsiyaning Andijon viloyati bölimi rahbariyatining yangi tarkibi saylandi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berişiça, Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti Andijon viloyati boşqarmasi boşliği Bekzod Qoraboyev bir ovozdan Andijon viloyati bölimining yangi raisi etib saylangan. «Baxt imkon rivoj» fermer xöjaligi rahbari Faxriddin Ismoilov esa uning birinçi örinbosari etib saylangan.
Anjumanda Özbekiston Milliy Paralimpiya Assotsiatsiyasi Andijon viloyati bölimining 2013−2016 yillardagi hisoboti tinglanib, kelgusidagi maqsad va vazifalar belgilab olingan.












