Özbekiston Respublikasida tadbirkorlikni rivojlantiriş, işlab çiqaruvçilarni qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Xususan, taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga bojxona sohasida ham qator imtiyozlar va qulayliklar joriy qilingan.
Afsuski, berilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalaniş örniga, özlari uçun egri yölini tanlagan şaxslar ham uçrab turibdiki, respublikamiz bojxonaçilari tomonidan ularning qinğir qilmişlariga çek qöyilmoqda.
Toşkent şahar bojxona boşqarmasi axborot xizmatining xabar berişiça, Toşkent şahar bojxona boşqarmasi xodimlari “Sergeli” taşqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida olib kirilgan tovar-moddiy boyliklar uçun davlat byudjyetiga undiriladigan bojxona tölovlaridan böyin tovlaş maqsadida sodir etilgan navbatdagi nayrangni foş etişdi.
Namangan viloyatida röyxatda ötgan “M.G” mas'uliyati çeklangan jamiyat vakillari uşbu taşkilot nomiga Koreyadan yuborilgan umumiy qiymati 1 mlrd. 107 mln. sömlik 320 ming donadan ortiq bir martalik ustaralarni bojxona yuk deklaratsiyasida ustara uçun lezviyelar sifatida qayd qilişgani foş qilindi.
Ekspertiza jarayonida ma'lum bölişiça, uddaburonlar bojxonaçilarning közini şamğalat qiliş maqsadida uşbu tovarlarga tegişli yuk-kuzatuv hujjatlaridagi yozuvlarni ham özgartirişadi. Bu ham yetmaganidek, jamiyat suriştiruvlar davomida bojxonaçilarga qalbaki litsenziyani ham taqdim qilgan.

Şu tariqa soxta tadbirkorlar mazkur tovarga tegişli haqiqiy taşqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklatura kodlarini boşqasiga özgartiriş orqali davlat byudjyetiga aslida undirilişi lozim bölgan taxminan 800 mln. sömlik bojxona tölovlaridan böyin tovlaşgan.
Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasiga muvofiq korxona mansadbor şaxslariga nisbatan bojxona hujjatlari hamda vositalariga öxşatib yasalgan hujjatlardan aldaş yöli bilan foydalangan holda juda köp miqdordagi tovarlarni Özbekiston Respublikasi bojxona çegarasidan noqonuniy ötkazişga urinişgani sababli jinoiy iş qözğatildi.












