Angliya premer-ligasining fevral oyidagi eng yaxşi murabbiyi nomi aniq böldi. Premer-liga matbuot xizmati xabariga köra, «Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola oyning eng yaxşi murabbiyi deb topildi.

Qayd etiş kerakki, Gvardiola bu sovrinni ilk marta qölga kiritmoqda.

«Mançester Siti» ötgan oy davomida ötkazilgan uçta uçraşuvning barçasida ğalaba qozondi.

Oyning eng yaxşi murabbiyligi uçun «Çelsi» boş murabbiyi Antonio Konte, «Mançester Yunayted» boş murabbiyi Joze Mourino va «Vest Bromviç» boş murabbiyi Toni Pulis ham da'vogarlik qilgandi.

«Tottenhem» hujumçisi Hari Keyn APLda fevral oyining eng yaxşi futbolçisi deb topildi.

«Şporlar» hujumçisi fevralda APL öyinlarida 4 golga mualliflik qildi: bir gol «Midlsbro» darvozasiga (1:0) va 3 gol «Stok Siti» darvozasiga (4:0). Qayd etiş kerakki yanvar oyining eng yaxşi futbolçisi uning jamoadogi Dele Alli bölgandi.

Bu sovrin uçun Keyndan taşqari Jyezus («Mançester Siti»), Romelu Lukaku («Everton»), David Silva («Mançester Siti»), Garet Makoli («Vest Bromviç») va Elden Yakuboviç («Hall») ham da'vogar bölgandi.