Sport | 15:50 / 04.07.2017
8815
2 daqiqa o‘qiladi

Gvardiola: «Odamlar «Barselona» har doim YeChL yutishi kerak deb hisoblashadi, aslida unday emas»

«Barselona» sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Manchester Siti»ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola kataloniya klubi haqida fikr bildira turib, muxlislar ulardan ba'zida juda ko‘p narsalarni talab qilib yuborishini ta'kidladi.

«Odamlar «Barselona» YeChLni har doim yutishi kerak deb o‘ylashadi, ammo aslida unday emas. Bu turnirda har doim g‘alaba qozonish uchun juda va juda qiyin. «Barselona» erishayotgan natijalarga xotirjamlik va sabr bilan erishsa yaxshi bo‘lardi. «Liverpul», «Chelsi», «Yuventus», «Real», yoki va Parijdagi stadionlarda g‘alaba qozonish juda murakkab. So‘nggi yillarda ispan jamoalari Yevropada yetakchilik qilishmoqda, biroq shunga qaramay, boshqa juda kuchli bo‘lgan klublar ko‘p », — deya Gvardiolaning so‘zlarini keltiradi L'Esportiu.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid