Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida Ota-onalar öz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqiş va tarbiyalaşga majburliklari belgilab qöyilgan.

Sud departamentining Jizzax viloyat hududiy boşqarmasiga Özbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali 860 ta murojaat kelib tuşgan bölib, şundan 468 tasi farzandlariga aliment va moddiy ta'minot undiriş haqidagi murojaatlarni taşkil etgan.

Alimentdan qarzdor bölgan şaxslarning köpçiligi hozirgi kunda vaqtinça işsiz bölib, buning oqibatida qarzdorliklar keskin ortib bormoqda va murojaat mualliflarining haqli e'tirozlariga sabab bölmoqda.

Bu boradagi murojaatlar sonini kamaytiriş, işsiz yurgan aliment tölovçilarni işga joylaştiriş, voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz farzandlarga aliment va moddiy ta'minot pullarini öz vaqtida undirib borilişini ta'minlaş maqsadida Sud departamentining Jizzax viloyat hududiy boşqarmasi majlislar zalida hududiy boşqarma, Jizzax şahar prokuraturasi, Jizzax şahar Bandlikka kömaklaşiş markazi xodimlari, sud ijroçilari va aliment tölovçilar hamda mahalla faollari iştirokida uçraşuv bölib ötdi. Unda Jizzax şahar Bandlikka kömaklaşiş markazi direktori Şerzod Murodov tomonidan hududdagi mavjud böş iş örinlari haqida töliq ma'lumotlar berildi, işlaş istagi mavjud bölgan şaxslarga işlaşi uçun yöllanmalar berilişi ta'minlandi.

Tadbir davomida, Sud departamentining Jizzax viloyat hududiy boşqarmasi Taşkiliy-nazorat va tahlil bölimi boşliği Otabek Hamraqulov sözga çiqib, aliment undiriş tartibi, uşbu turdagi tölovlar majburiy hisoblanişi, aliment tölamagan şaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanganligi, ularga nisbatan Özbekiston Respublikasi hududidan çiqiş huquqlari vaqtinça çeklanişi hamda boşqa masalalar yuzasidan ma'ruza qildi. Şuningdek, iştirokçilarning qiziqtirgan barça savollarga javob qaytardi.

Bundan taşqari, Jizzax şahar prokurori örinbosari Ikrom Begaşev işsiz aliment tölovçilar doimiy ravişda işga joylaştirib borilişi, iş bilan band bölgan tölovçilar örtasida aliment qarzdorligi kelib çiqmasligini, şuningdek aliment miqdorini kamaytiriş yoki ozod qiliş masalasida fuqarolik işlari böyiça sudga murojaat qiliş huquqlari borligini iştirokçilarga alohida ta'kidlab ötdi.

Mazkur turdagi tadbirlar "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" davlat dasturi doirasida har bir hududda doimiy amalga oşirilişi böyiça kelişib olindi.