Prezident Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi uçraşuvida e'tibor qaratilgan masalalar bugun Möynoq ahli köz öngida haqiqatga aylanmoqda, deb xabar berdi Kruz.uz.

2016 yilning 10 noyabr kuni videokonferensiya şaklida bölib ötgan uşbu uçraşuvda Möynoq tumani studiyasidan hududdagi «Talliözak» mahalla fuqarolar yiğini istiqomat qiluvçi Biybixan Utambetova tomonidan uşbu tuman aholisini toza içimlik suvi bilan ta'minlaşda amaliy yordam körsatiş masalasi kötarilgandi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpoğistonga taşrifi çoğida Qönğirot – Möynoq içimlik suvi tarmoği qurilişining boşlanişi bilan tanişgan edi. Uşbu 101 kilometrlik suv tarmoği işga tuşirilgandan söng, bir sutkada 7 ming kub metr suv yetkazib beriş va 25 mingdan ortiq aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş imkoni yaratiladi.

Ayni paytda Möynoq tumaniga toza içimlik suvi yetkazib beriş işlari tört joyda olib borilmoqda. Jumladan, Qönğirot tumanining «Olmazor» MFY hududida nasos stansiyasini tösiqlar bilan himoyalaş işlari yakunlanib, Möynoq tumani tomon allaqaçon quvur tortiş boşlandi. Şuningdek, bu işlar Qunğirot tumani «Qangli» OFY hududida ham davom etayotgan bölsa, Möynoq tumani markazidan Qönğirotga va Möynoq tumanining «Döstlik» OFY hududida qizğin davom etmoqda.

Şuni ham alohida ta'kidlab ötiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 28 fevral kuni “Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq tumanini 2017-2018 yillarda iqtisodiy rivojlantiriş va bandlikni ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorining qabul qilinişi hudud aholisi hayotida tarixiy voqealardan biri böldi.

Mazkur qarorga asosan tumanda 2017-2018 yillarda sanoat, xizmat körsatiş, servis va turizm, qişloq xöjaligini rivojlantiriş yönalişlarida umumiy qiymati 52,3 mlrd. söm, jumladan 990 ming AQŞ dollariga teng bölgan 72 ta loyiha amalga oşirilişi kutilmoqda. Buning natijasida 1343ta yangi iş örinlari yaratilişi nazarda tutilgan.

Şuningdek, tumandagi sobiq “Möynoq baliq konserva kombinati” hududida 16 gektar va sobiq 5-quriliş boşqarmasi hududida 4,5 gektar, jami 20,5 gektar maydonda elektrotexnika, quriliş materiallari, suğoriş uskunalari, suv nasoslari, suv hisoblagiçlari, suv quvurlari, tayyor trikotaj, tikuvçilik va boşqa zamonaviy mahsulotlarni işlab çiqarişni taşkil etiş böyiça “Möynoq” kiçik sanoat zonasini barpo etiş belgilangan.