Namoyişçilar Niderlandiyaning Turkiyadagi konsulligi binosiga bostirib kirib, undagi bayroqni Turkiya bayroğiga almaştirdi. Bu haqda Frans Press agentligi xabar tarqatdi.
Niderlandiya va Turkiya örtasida siyosiy mojaro kelib çiqişi ortidan Istanbulda norozilik namoyişi boşlangan.
11 mart kuni Niderlandiya hukumati xavfsizlik yuzasidan Turkiya taşqi işlar vaziri Mavlud Çovuşöğli rahbarligidagi Turkiya delegatsiyasi samolyotini qöndirişga ruxsat bermadi. Şundan söng, delegatsiya tarkibida bölgan Fatma Betul Sayan Kaya Germaniyadan maşinada Niderlandiyaga yöl oldi. Ammo uni hukumat ortga qaytarib, çegaradan Germaniyaga kuzatib qöydi.
Çovuşöğli va delegatsiya vakillari Niderlandiyada Turkiyadagi konstitutsiya referendumiga bağişlangan mitingda nutq sözlamoqçi edi.
Turkiya prezidenti dunyo hamjamiyatini Niderlandiya hukumati xatti-harakatlariga reaksiya körsatişga çaqirdi va ularni «faşistlarga xos» deb atadi hamda ayol vazirga nisbatan bunday munosabat nomaqbul ekanligini aytdi.












