Qozoğiston poytaxti Ostona şahri köçalarida bir neça yildan beri soddadil fuqarolar hisobiga yaşaydigan firibgar borligi ma'lum böldi. U uyga qaytiş uçun çipta haqidagi soxta hikoya töqib, köz yoşi tökib pul söraydi, deb xabar qilmoqda NUR.KZ.

Bu haqda ostonalik Yelena Şerbina Facebook’da aytib ötgan – u yordam söragan erkakka bir marta rahmi kelib yordam bergan, bir neça oydan söng u yana xuddi öşa iltimos bilan uçratgan.

«Köçada kişilardan aldov yöli bilan pul söraydigan firibgar haqida aytib bermoqçiman. U özini Alibek deb taniştirib, quruvçi ekanini aytadi. Işga kelganini gapiradi. Döstinikida qolmoqçi bölib kelganini, biroq u safarga ketgani, hamda endilikda uyga çipta sotib oliş uçun puli yöqligini aytadi.

Şaxsini tasdiqlovçi hujjatni, bir tomonga bölgan çiptani körsatadi. U 3 ming tengesi borligi, ammo çipta sotib oliş uçun yana 4 ming yetişmayotganini aytib, qöşib berişlarini söraydi. Juda ham açinarli tarzda, bolalari borligini aytib, gapiradi. Men unga işondim», - deya yozgan qiz.

Ilk bora “omadsiz quruvçi” unga joriy yilning yanvar oyida Örinbor köçasida uçragan. Yelena erkakka yonidagi hamma pullarini berib yuborgan.

«Bugun esa, Turon kesişmasidagi Qönayev köçasida uni yana öşa eski “hikoyasi” bilan uçratdim. Men boşqa kiyimda hamda boşqa bola bilan edim, şuning uçun u meni tanimadi. Unga pul berganim va u aldayotgani haqida aytganimda, qoçib ketdi.

Suratga olişga ulgurmadim. Böyi taxminan 165 sm, ozğin, möylovi bor, közlari olazarak. Agarda sizga ham uçrasa – unga işonmang», - deya qöşimça qilib ötgan ostonalik qiz.

Ma'lum bölişiça, u firibgarning yagona “qurboni” emas. Aniqlanişiça, Alibek bir neça yildan beri bu şaharda «uyga çipta xarid qiliş» uçun pul söraş bilan şuğullanib kelar ekan.

«Ikki yil avval Yesil hokimiyati yonida ham menga uçragan, ötgan yili esa Doira maydonida yonimga keldi – hikoyasi hamon öşa-öşa. Firibgar», - deya yozgan Aliya Nauanova ismli foydalanuvçi.

Ostonalik Mariya Klimenkoning ma'lum qilişiça, "bu firibgar olti yildan beri heç keta olmaydi" hamda poytaxtda uni köpçilik yaxşi biladi.

«Mening yonimga ham kelib juda açinarli tarzda hikoyasini aytib bergan. Unga 2 ming tenge berdim. Bir neça oydan söng esa yana uçradi va köz yoşi tökib yana pul söradi, men unga barçasini aytib berganimda esa, qoçib ketdi», - deya qöşimça qilib ötgan Madina Şikayeva.

«Rosti, unga işondim. Dekabrning örtalarida uçratdim va 2 ming tenge berdim. Uç kundan söng esa boşqa qizga şunday yolğon bilan gapirayotganini körib qoldim. Yoniga borib, özimga qaratganimda, özini yöqotib qöydi. Bu Siğanak-Turkiston kesişmasida röy berdi, aftidan, “söraş” joyini özgartirgan", - deya yozadi Maral Aujanova.