Mart oyida Ostona şahrida, Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning uşbu şaharga taşrifi arafasida Özbekiston-Qozoğiston biznes-forumini taşkil qiliş masalasi körib çiqilmoqda. Bu haqda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati xabar bergan.
Biznes forum Ostona şahridagi «Mustaqillik Saroyi»da bölib ötadi. Marosimda tomonlar öz taqdimot marosimlarini ötkazadi hamda Özbekiston va Qozoğiston korxonalari orasida muzokaralar ötkaziladi.
Uşbu biznes-forumni ötkazişdan maqsad ikki mamlakat korxonalari orasida hamkorlik aloqalari örnatiş va mavjud bölgan aloqalarni mustahkamlaş hisoblanadi.
Şuningdek, uçraşuvda ikki mamlakat hududida qöşma korxonalar taşkil qiliş, sarmoyaviy loyihalar amalga oşiriş hamda kerakli biznes-hamkorlar topiş masalalari muhokama etiladi.











