Bugun — 13 mart kuni Osiyo Çempionlar ligasining guruh bosqiçida 3-tur öyinlari doirasida Toşkentning «Bunyodkor» jamoasi Eronning «Zob Ohan» jamoasini qabul qildi.

Sergey Luşçan şogirdlari bu uçraşuvda ham kamçilik bölib öynadi va mağlub böldi.

Ikkinçi bölim boşida mehmonlar jamoasi hujumçisi Jyerri Bengston Murod Zuhurov bilan yakkama-yakka çiqib, hisobni oçdi.

Köp ötmasdan maydon markazida havodagi töp uçun kuraşda Çemirtan raqib futbolçisining kökragiga tepib yuborgani uçun hakam unga darhol qizil kartoçka berdi.

Öyin hakam 6 daqiqa qöşib berdi va şu daqiqalar oxirida toşkentliklar jamoasi darvozasiga penalti belgilandi. Mehmonlar vakili Tabriziy 11 metrli nuqtada adaşmadi va hisob 0:2 körinişini oldi.

Şu tariqa, «Bunyodkor» OÇL guruh bosqiçidagi uçinçi öyinda ham yengildi. Jamoa 2008 yildan buyon muntazam ravişda OÇL turnirida iştirok etib kelmoqda va şu vaqtga qadar bunday yomon start qayd etmagandi.

OÇL, S guruhi, 3-tur
«Bunyodkor» - «Zob Ohan» 0:2 (0:0)
Gollar: Jyerri Bengston (55), Murtazo Tabriziy (90+6-penalti)