Endi klubga texnik mağlubiyat yoziladi. Agar bu holat takrorlansa, «Bunyodkor» Superligadan çetlaştirilişi mumkin. Klubdagilar prezidentdan yordam söramoqçi.
Toşkentning «Bunyodkor» futbol klubida çuqur moliyaviy muammolar saqlanib qolmoqda. Uşbu jamoa PFLga xat yuborib, Superliganing 15-turi doirasida 2 avgust kuni «Qizilqum»ga qarşi öyin uçun Navoiy viloyatiga bora olmasligi haqida ogohlantirgan.
Xatda «Bunyodkor» klubidagi oğir moliyaviy holat mazkur qarorga sabab sifatida körsatilgan. Ya’ni, «Bunyodkor» klubida yöl çiptalarini xarid qiliş, safar davomida mehmonxonada istiqomat qiliş va delegatsiya a’zolarini ovqatlantiriş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun mablağ mavjud emas.
PFL matbuot xizmatiga köra, Superliga reglamentidan kelib çiqib, 15-tur doirasida ötkazilişi rejalaştirilgan «Qizilqum» – «Bunyodkor» uçraşuvi uçun mehmonlarga texnik mağlubiyat yoziladi. Şuningdek, mavsum davomida bu kabi holat qayta sodir etilsa, «Bunyodkor» futbol klubini Superliga musobaqasidan çetlaştiriş masalasi Liga Ijroiya qömitasi kun tartibiga kiritiladi.
Kun.uz muxbiri bu borada ma’lumot oliş uçun «Bunyodkor» klubi boş direktori Murod Aliyev bilan boğlandi. Uşbu mutasaddi klub içki çempionat doirasidagi safar öyinlariga bora olmaydigan darajada moliyaviy qiyinçilikni boşdan keçirayotganini tasdiqladi.

Uning sözlariga köra, klubga birinçi kvartalda 10 mlrd söm tuşirib berilgan, klubning özi ham ijara va boşqa şartnomalar asosida qariyb 11 mlrd söm işlab topgan. Biroq bu mablağlar klubning moliyaviy holatini tiklaş uçun yetarli bölmagan.
«Futbolçilar va xodimlar 6-7 oydan beri maoş olgani yöq. Qöşimçasiga Rivaldoga tölanişi kerak bölgan qarz ham bizning böynimizga qolgan», – deydi Aliyev.
U klubning Rivaldoga 3 yillik maoşi tölanmagani va bu «Bunyodkor»ga yiliga 26 mlrd sömga tuşişini ta’kidlagan.
«Muammoga yeçim izlayapmiz. Muhtaram prezidentimizdan ham yordam söramoqçimiz», – deya qöşimça qiladi u.







