Moliyaviy muammolar girdobida qolgan «Bunyodkor» futbol klubiga 5 mlrd söm mablağ ajratildi. Bu haqda klub telegram-kanalida xabar qilinmoqda.
“Klubimizga hukumatimiz tomonidan amaliy yordam berila boşlandi. Xususan, keça Özbekiston prezidentining 2026 yil 24 martdagi PQ-107-son “Sport sohasini moliyalaştiriş mexanizmlarini takomillaştiriş va sohaga tadbirkorlik sub’yektlarini jalb qilişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida «Bunyodkor» futbol klubiga 5 milliard söm ajratildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilişiça, «Bunyodkor» Superliganing navbatdagi uçraşuvlariga reja asosida tayyorgarlik körişda davom etadi.
Avvalroq Toşkentning «Bunyodkor» futbol klubida çuqur moliyaviy muammolar saqlanib qolayotgani, jamoa PFLga xat yuborib, Superliganing 15-turi doirasida 2 avgust kuni «Qizilqum»ga qarşi öyin uçun Navoiy viloyatiga bora olmasligi haqida ogohlantirgani ma’lum bölgandi.
Xatda «Bunyodkor» klubida yöl çiptalarini xarid qiliş, safar davomida mehmonxonada istiqomat qiliş va delegatsiya a’zolarini ovqatlantiriş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş uçun mablağ mavjud emasligi aytilgandi.

















