Joriy yilning bahorida yaponiyalik 29 yoşli çap qanot himoyaçisi Itsuki Urata Toşkentning «Bunyodkor» klubini tark etgandi. Bunga klubda davom etayotgan moliyaviy muammolar asosiy sabab sifatida keltirilgandi. Şundan söng, Urata Xorvatiyaning «Slaven Belupo» klubi bilan 1 yillik şartnoma imzoladi va faoliyatini şu yerda davom ettirapti.

Keyinçalik yaponiyalik futbolçi FIFA Nizolarni hal qiliş palatasiga ariza bilan murojaat qilgan. Kun.uz örgangan hujjatlarga köra, 2026-yil 13-avgust kuni mazkur mehnat nizosi böyiça yakuniy qaror qabul qilingan.

Hujjatga muvofiq, «Bunyodkor» futbolçiga quyidagi miqdordagi mablağlarni tölab berişi majburiy etib belgilandi:

  • tölanmay qolgan maoş sifatida 45 ming dollar;
  • yuqoridagi qarzning har 15 ming dollari uçun 2026-yilning 6-fevral, 6-mart va 27-mart sanalaridan boşlab tölov töliq amalga oşirilgunga qadar yillik 5 foizlik ustama;
  • şartnomani buzganlik uçun kompensatsiya sifatida 283 ming 426 dollar jarima. Bunda ham tölov töliq tölangunga qadar 2026-yil 27-martdan boşlab yillik 5 foiz ustama.

Agar barça belgilangan summalar va ustamalar qaror eʼlon qilingandan keyin 45 kun içida töliq tölanmasa, klubga nisbatan jiddiy sanksiyalar qöllaniladi. Xususan, «Bunyodkor» tölov töliq amalga oşirilmaguniça milliy va xalqaro darajada yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaziş huquqidan mahrum qilinadi. Uşbu taqiq ketma-ket uçta töliq transfer oynasi davomida amal qiladi. Agar uçta transfer davri yakuniga qadar ham tölov qilinmasa, iş FIFA Intizom qömitasiga oşiriladi.