Suriya masalasini tartibga soliş böyiça yangi uçraşuv Ostonada 14—15 mart kunlari ötkazilmoqda. Ayni vaqtda Qozoğiston poytaxtiga Turkiya, Eron va AQŞ delegatsiyalari yetib kelgan.

"Turkiya va Eron Taşqi işlar vazirliklarining delegatsiyalari keldi, Rossiya Federatsiyasi prezidenti maxsus vakili va Rossiya TIVning maxsus vakili ham şu yerda", deya ma'lumot bergan Qozoğiston TIV rahbari Qayrat Abdraxmanov.

Qozoğiston TIV matbuot xizmati rahbari Anuar Jaynakovning ma'lum qilişiça, AQŞ nomidan muzokaralarda elçi Jorj Krol hamda Vaşingtondan kelgan vakillar iştirok etadi. Şuningdek, Iordaniyadan vakillar kelişgan.

Uçraşuvning birinçi kuni dastlabki maslahatlaşuvlar, ikkinçi kuni esa yalpi majlis ötkazilişi kutilmoqda.

Kayrat Abdraxmanovning ma'lum qilişiça, Ostonadagi uçraşuvda asirlarni almaşiş böyiça işçi guruh tuziş masalasi muhokama etiladi.

"Kafolatlovçi davlatlar ma'lumotiga köra, muhokama qilinadigan masalalar qatorida harbiy asrlarni almaşiş böyiça işçi guruh tuziş masalasi ham bor. Şuningdek, gumanitar obektlarni minalardan xoli qiliş va boşqa harbiy masalalar muhokama etiladi", degan u.

Eslatib ötamiz, Suriya masalasi böyiça avvalgi muzokaralar 23 yanvar kuni Ostonada bölib ötgan edi.