2016 yilda Toşkent şahar adliya boşqarmasining Inson huquqlarini himoya qiliş bölimi tomonidan davlat taşkilotlarining 77 nafar mas'ul xodimga nisbatan intizomiy jazo çorasi qöllanilgan, şundan 7 nafar mansabdor şaxs egallab turgan vazifasidan ozod etilgan.
13ta noqonuniy buyruq bekor qilingan, 86 nafar mansabdor şaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan, şuningdek, sudlarga kiritilgan da'vo arizalari natijasida fuqarolarga 236.682.000 söm miqdorida yetkazilgan moddiy va ma'naviy zarar summasi undirib berilgan.
Masalan, Toşkent şahar, Şayxontohur tumani, Qörğonça köçasi, 8-uyda yaşovçi fuqaro F. Hakimovaning mazkur tumanida joylaşgan 111-sonli maktabgaça ta'lim muassasasi mudirasining xatti-harakatlaridan norozi bölib, Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yozgan şikoyati körib çiqiş jarayonida, fuqaro F.Hakimova 2012 yilning 6 martdagi 62-sonli mehnat şartnomasiga köra, 111-sonli maktabgaça ta'lim muassasasiga tarbiyaçi lavozimiga işga qabul qilingani, biroq 2016 yilning 1 iyuldagi 46-sonli buyruqqa asosan F.Hakimova uning roziligisiz boşqa işga ötkazilgan. Kiritilgan taqdimnomaga köra,111-sonli MTMning 2016 yilning 1 iyuldagi 46-sonli F.Hakimovani boşqa lavozimga ötkaziş haqidagi buyruği noqonuniy bölgani sababli bekor qilingan va F.Hakimova avvalgi lavozimiga qaytarilgan hamda qonunbuziliş holatlariga yöl qöyganligi sababli 111-sonli MTM mudirasi M.Umarovaga “xayfsan” intizomiy jazo çorasi qöllanilgan.
Xuddi şunday murojaatlardan biri, Qaşqadaryo viloyati, Koson tumani, Mudin QFYda yaşovçi fuqaro R.Haydarovning Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti tomonidan talabalar safidan çetlaştirişganidan norozi bölib, adliya boşqarmasining “işonç telefoni”ga qilgan murojaatini körib çiqiş jarayonida institut tomonidan R.Haydarov noqonuniy ravişda talabalar safidan çetlaştirilgani aniqlangan, şunga köra, kiritilgan taqdimnomaga asosan institutning mazkur buyruği bekor qilindi hamda qonunbuzilişga yöl qöygan Töqimaçilik fakulteti dekani A.Ğulomovga va Marketing bölimi boşliği X.Hazratkulovga nisbatan “xayfsan” intizomiy jazo çorasi qöllandi.











