Efiopiya poytaxti Addis-Abeba çekkasida joylaşgan çiqindi poligonida çiqindi uyumlarining qulaşi oqibatida halok bölganlar soni 113 nafarga yetdi. Bu haqda AFP axborot agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq 82 kişi halok bölgani ma'lum qilingandi.
Çiqindi uyumi ostidan jasadlar çiqarib olinişi bilan birga ijtimoiy taranglik oşmoqda. Poligonning özida bedarak yöqolganlar yaqinlari va qutqaruvçilar örtasida bir neça martalab tartibsizliklar va töqnaşuvlar yuz berdi. Odamlar hukumatni harakatsizlikda va yetarliça yordam yöqligida ayblamoqdalar. Ta'kidlanişiça, voqea joyida bor-yöği 2-3 ta buldozer işlamoqda, mahalliy aholi esa öz yaqinlarini mustaqil ravişda topişga harakat qilmoqda.
Fojia yuz bergan Koşe çiqindixonasi 50 yildan köproq mavjud bölgan. U bir neça yil avval rasman yopilgan. Çiqindilar uçun möljallangan yangi poligon qöşni tumanda barpo etilgan, biroq u yerda yaşovçi fermerlar unga olib boruvçi yöllarni tösib, poligonga çiqindi taşlaşlarni çeklab qöyişgan. Oqibatda bir neça oy avval çiqindi taşuvçi maşinalar çiqindilarni yana Koşe çiqindixonasiga taşlaşni boşlagan. Eski poligonda uylar qurib, çiqindilarni töplaş va saralaş bilan şuğullangan bir neça yuzlab kişilar yaşagan. Çiqindi uyumi köçkisi şu uylarni va ularda yaşovçi odamlarni bosib qolgan.
15 mart kuni Efiopiyada fojia qurbonlari xotirasiga 3 kunlik motam e'lon qilindi. Qutqaruv operatsiyasi davomida 40 ga yaqin kişini qutqarib qolişga muvaffaq bölingan.












