15 mart kuni Niderlandiyada ötgan parlament saylovlarining dastlabki natijalari e'lon qilindi.
Saylovlarda mamlakat boş vaziri Marka Ryuttening "Ozodlik va demokratiya uçun xalq partiyasi" (VVD) yetakçilik qilmoqda va parlamentdagi 150 ta örindan 32 ta örinni oladi. Biroq bu natija boş vazir uçun öziga xos mağlubiyat sanalişi mumkin, çunki avvalgi parlament saylovlarida uning partiyasi 41 ta örin olgandi.
Saylovlarda muhojirlar va yagona Yevropa Ittifoqi uçun qarşi çiqayotgan "Ozodlik partiyasi" yetakçi böla olmadi. U parlamentda faqatgina 19 ta öringa da'vogarlik qilişi mumkin. Xuddi şunday natijaga yana 3 ta partiya erişdi.
Saylovlar Yevropa yetakçilari tomonidan sinçkovlik bilan kuzatildi va ular Ryutteni ğalaba bilan qutlaşdi hamda Yevropa Ittifoqiga şubha bildirayotganlarning mağlubiyatidan quvonayotganlarini yaşirişmadi.
Saylovlardagi davomat 81 foizni taşkil qilgan va bu Ikkinçi jahon uruşidan keyingi rekord natija böldi.
Niderlandiya parlamenti quyi palatasi 4 yilga saylanadi va 150 ta örindan iborat. Aynan quyi palata qonunçilik taşabbusi bildiriş va qonunlarga özgarişlar kiritiş huquqiga ega. Mamlakat hukumati parlamentdagi köpçilik asosida şakllantiriladi.
Partiyalardan birortasi mutlaq köpçilikni (76 örin) taşkil qila olmagani sabab ular yetakçi koalitsiyaga birlaşişlari kerak böladi.












