Operator Gart de Bruno Ostin Janubiy Afrikadagi karkidonlarni tasvirga olayotgandi. Kutilmaganda ulardan biri operatorning yoniga kelib erkalana boşladi. Gart de Bruno bu holatdan qörqmasdan jonivorni erkalatib qöydi. Mazkur voqea aks etgan video YouTube'da xitga aylandi. 

Operatorning sözlariga köra, jonivor unga nisbatan döstona munosabatda bölgan. Ostin karkidonga yaqinlaşmoqçi bölgan sayyohlar öz hayotlarini xavf ostiga qöyişlari mumkinligini aytib ogohlantirdi. 

"Men bir neça yillardan beri hujjatli film uçun karkidonlarni tasvirga olaman va şu vaqt içida ularning işonçini qozonganman", - deydi Ostin.

Yovvoyi tabiatdagi karkidonlar brakonerlar sabab jiddiy xavfga duç kelişmoqda. 1977 yilda butun dunyo böylab karkidonlar şoxini sotiş va xarid qiliş taqiqlangandi. Qora bozorda bir şoxning bahosi 50 ming yevroni taşkil qilişi mumkin. 

Sönggi paytda sodir bölayotgan voqealar jonivorlarning hayvonot boğida ham himoyasiz ekanini körsatgan. 7 martga ötar keçasi Parij ostidagi Tuari hayvonot boği hududiga noma'lum jinoyatçilar bostirib kirib, Vins laqabli 5 yoşli karkidonni öldirib, uning bir şoxini arralab ketişdi. Şundan keyin, Çexiyadagi Dvur-Kralove-nad-Labeme hayvonot boği rahbariyati öz karkidonlarini himoya qiliş maqsadida ularning şoxini olib taşlaşga qaror qildi.