Toşkent şahrining Çilonzor tumanida noqonuniy “kiberbunker” faoliyati foş etildi. Bu haqda Toşkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, viloyat IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan tezkor-qidiruv tadbiri ötkazilgan. Unda poytaxtning Çilonzor tumanida joylaşgan köp qavatli uy yertölasida noqonuniy Call markaz – “kiberbunker” aniqlangan.
Andijon viloyatida yaşovçi, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan ikki marta sudlangan 32 yoşli J.T. va uning şeriklari fuqarolarga qönğiroq qilib, ularga göyoki onlayn savdo platformasining “yutuqli öyini” ğolibi bölgani haqida yolğon ma’lumotlar bergan. Ular “sovğa” uçun tölov fuqaroga ajratilgan kredit yoki mikroqarz limiti hisobidan vaqtinça “Alhikma Ilm” MÇJga ötkazilişini, keyinçalik esa uşbu mablağlar ularning korxonasi tomonidan qoplab berilişini va’da qilib, jabrlanuvçilardan mablağlar ötkazilişiga erişgan.

Şuningdek, guruh a’zolari savdo platformasida özlarini göyoki mahsulot yetkazib beruvçi sifatida röyxatdan ötkazgan. Mahsulot yetkazib berişni talab qilgan yoki “ustingizdan şikoyat qilaman” deya norozilik bildirgan ayrim xaridorlarga ataylab juda arzon, sifatsiz yoki buyurtmaga mutlaqo mos kelmaydigan mahsulotlar yuborgan. Bu yöl bilan jabrlanuvçilarning e’tibori çalğitilib, ajratilgan kredit yoki mikroqarz limitlarini töliq özlaştirişga erişilgan. Mablağlar ötkazib bölingaç, köp hollarda jabrlanuvçilar bilan aloqa butunlay uzib qöyilgan.
Tekşiruvlar davomida “Alhikma Ilm”, “Aksiya Tech Shoop” va “Grandbook” MÇJlar orqali “kiberbunker”da 16 nafar operator faoliyat yuritgani, ular ijtimoiy tarmoqlardagi soxta onlayn dökonlar nomidan yuzlab fuqarolarga qönğiroq qilib, dastlabki tergovga qadar 50 kişining 200 mln sömdan ortiq mablağlarini noqonuniy yöl bilan özlaştirgani aniqlangan. Tezkor tadbir davomida 22 ta kompyuter jamlanmasi, mobil telefonlar, SIM-kartalar, bank plastik kartalari hamda 2 500 nafardan ortiq fuqaroning töliq qayd etilgan şaxsiy va moliyaviy ma’lumotlari röyxatlari aşyoviy dalil sifatida rasmiylaştirib olingan.

Qayd etilişiça, hozirda guruh a’zolarining boşqa hududlardagi firibgarlik holatlariga aloqadorligi, şuningdek, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni aniqlaş va qoplaş yuzasidan dastlabki tergov hamda tezkor-suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Alhikma Ilm”, “Aksiya Tech Shoop” va “Grandbook” MÇJlar faoliyati bilan boğliq firibgarlik holatlaridan jabr körgan fuqarolar Toşkent viloyati IIBBning +998717622135, +998717622024, +998717622025 telefon raqamlari orqali murojaat qilişlari söralgan.













