Mutaxassislarning ta’kidlaşiça, bu pasayişning asosiy sababi – odamlar ma’lumot izlaş odatlarining özgarişi. Bugun köpçilik sun’iy intellekt tizimlari taklif qiladigan tayyor javoblardan yoki ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa kontentlardan foydalanmoqda
Şu bois foydalanuvçilar avvalgidek Vikipedia sahifalariga tez-tez ötmay qöyişdi.
Fond vakili Marşall Miller şuni ham oçiqladiki, yangi botlarni aniqlaş tizimi işga tuşgaç, ilgari kuzatilgan ba’zi ösişlar aslida odamlar emas, balki avtomatlaştirilgan dasturlar tomonidan yaratilgani ma’lum bölgan.
Şunga qaramay, asosiy xavf omili – SI beradigan javoblar va yoşlarda maşhur bölgan qisqa videokontent. Ular odamlarni sahifaga ötişdan töxtatmoqda.
Vikipedia ma’lumotlari hanuz generativ SI tizimlarida faol işlatilmoqda. Ammo taşriflar sonining kamayişi ikki muammo tuğdiradi. Ya’ni yangi köngillilarni jalb qiliş qiyinlaşadi va xayriya mablağlari qisqaradi.
Vikimedia bu vaziyatga qarşi bir neça çoralarni körmoqda. Jumladan, kontent manbaini körsatiş (attributsiya) tizimi işlab çiqilmoqda, yangi öquvçilarni jalb qiliş böyiça loyihalar yölga qöyilmoqda.
Marşall Miller foydalanuvçilarga murojaat qilib şunday deydi:
“Havolalarga öting, maqolalarni öqing va unutmang — bu bilimlarni siz uçun haqiqiy odamlar yaratmoqda.”
Sun’iy intellekt va qisqa videolar ma’lumot olişni tezlaştirişi mumkin. Ammo insonlar yaratgan bilimlarni qöllab-quvvatlaş kelajakda işonçli va sifatli kontent saqlanişi uçun muhim omil bölib qolmoqda.










