Prezidentning “Madaniy tadbirlarning xalqaro jozibadorligini oşiriş va sohaga zamonaviy boşqaruvni joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga muvofiq, Madaniyat vazirligi huzuridagi “Xalqaro festivallar direksiyasi” davlat muassasasi negizida Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi huzurida “Madaniy loyihalar milliy operatori” davlat muassasasi taşkil etiladi.

Milliy operator xalqaro va respublika darajasidagi madaniy tadbirlarga tayyorgarlik köriş hamda ularni ötkaziş bilan şuğullanadi. Şu munosabat bilan muassasaga jamoat tartibini ta’minlaş, tez tibbiy yordam va yöl-patrul xizmati xizmatlaridan bepul foydalaniş huquqi beriladi.

Şuningdek, Milliy operator tomonidan ötkaziladigan madaniy tadbirlar uçun Özbekistonga olib kiriladigan sahna va texnik jihozlar, musiqa asboblari, LED-ekranlar, dronlar, rekvizitlar hamda boşqa moddiy qiymatliklar 2030 yil 1 yanvarga qadar bojxona bojidan ozod qilinadi.

Qaror bilan yana bir muhim yangilik sifatida, kelgusi yildan boşlab “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali har ikki yilda bir marta ötkazilişi belgilandi. Milliy operator mazkur festivalga taşkiliy va texnik jihatdan tayyorgarlik köriş hamda uni ötkaziş böyiça ijroçi operator etib belgilangan.