Yevroparlamentning sobiq rahbari Martin Şults Germaniya sotsial-demokratik partiyasining navbatdan taşqari qurultoyida partiya raisi va Germaniya kansleri lavozimiga nomzod böldi. Unga 100 foiz ovoz berildi. Germaniyada parlament saylovlari 24 sentabrda bölib ötadi.

Şultsga 608 delegatdan 605 nafari ovoz bergan. Uçta byulleten bekor qilingan. 

Şults partiya yetakçisi, Germaniya taşqi işlar vaziri  Zigmar Gabrielning örniga keldi.

Şults 1955 yilda tuğilgan. Siyosatçi oliy ma'lumotga ega emas, özlaştirmaslik uçun gimnaziyadan çetlatilgan. Şults maktabda futbolçi bölişni orzu qilgan, biroq futbolçilik faoliyatida muvaffaqiyatga erişa olmagan. Şundan keyin 1977 yildan 1982 yilgaça naşriyotlar va dökonlarda kitob sotuvçisi bölib işlagan. U keyinroq özining şaxsiy dökonini oçgan.

Şults partiyaga 1974 yilda kirgan, 1987 yildan 1998 yilgaça Vyurzelen şahri burgomistri bölgan. 1999 yildan partiya prezidiumi a'zosi. 1994 yildan Şults Yevroparlament a'zosi hisoblanadi va ikki marotaba uning raisi bölgan.