DW xabariga köra, deputatlar 14-oktabr kuni Yevropa kengaşi raisi Antoniu Koşta hamda YEI davlatlari rahbarlariga qöşma maktub yöllagan.

Yevropa kengaşi yiğilişi arafasida yuborilgan murojaatda YeIning Rossiyaga nisbatan siyosatini yumşatmaslik va bu borada yagona pozitsiya bildiriş zarurligi taʼkidlangan.

Maktub mualliflari mustahkam sulh va tinçlik örnatilmagunça, şuningdek, Rossiya va uning şeriklari sodir etgani aytilgan harbiy jinoyatlar hamda tajovuz jinoyatlari uçun adolat taʼminlanmagunça Moskvaga yon berilmasligi kerak, deb hisoblaydi.

Deputatlar Rossiya Ukraina va uning aholisiga yetkazgan zarar uçun tovon, jumladan, reparatsiya tölaşini ham talab qilgan.

Murojaatda Rossiya energiya resurslaridan töliq voz keçiş harakatlarini davom ettiriş va neft hamda gaz importiga töliq taqiq joriy etiş taklif qilingan. Şuningdek, Kremlning energiya eksportidan oladigan daromadlarini yanada qisqartirişga qaratilgan yangi sanksiyalar paketini işlab çiqiş söralgan.

Deputatlar AQŞ prezidenti Donald Trampning Rossiya va «energetik sulh»ga yondaşuvini xato deb baholab, Yevropa rahbarlarini unga ergaşmaslikka çaqirgan.

«Sizlarni prinsipial pozitsiyamizni saqlaşga va Ukraina ğalaba qozonguniga qadar uni qöllab-quvvatlaşga çaqiramiz», - deyiladi maktubda.

Mazkur talablar 75 deputatning qöşma murojaati bölib, YEI tomonidan qabul qilingan yangi sanksiya qarori emas.