Tegişli rezolyutsiya 8-oktabr kuni qabul qilindi: 482 deputat uni yoqlab ovoz berdi, 41 nafari qarşi çiqdi, yana 39 nafari esa betaraf qoldi. Hujjatda taʼkidlanişiça, «demokratik hamda uruşga qarşi siyosiy kuçlarning muntazam ravişda çetlatilişi va taʼqib qilinişi, jiddiy qonunbuzarliklar hamda tölaqonli mustaqil kuzatuvning yöqligi» sababli saylov erkin va adolatli ötmagan.
Deputatlar, şuningdek, saylovçilarga bosim ötkazilgani, kuzatuvçilar faoliyatiga tösqinlik qilingani va siyosiy raqobat çeklanganini qayd etib, «Yabloko» partiyasining saylovdan çetlatilganiga eʼtibor qaratişdi. Ovoz beriş jarayoni Ukrainaning bosib olingan hududlarida, şuningdek, Dnestrböyi, Abxaziya va Janubiy Osetiyada ötkazilgani alohida qoralandi.
Uşbu va boşqa omillarni inobatga olgan holda, Yevroparlament «rasmiy natijalar Rossiya xalqi siyosiy irodasining işonçli ifodasi sifatida qaralişi mumkin emas»ligini bildirdi. «Bu holatlar saylov natijasida şakllantirilgan Davlat Dumasini, şuningdek, u tomonidan qabul qilinayotgan qonunçilik hujjatlari va siyosiy qarorlarni demokratik legitimlikdan mahrum etadi», - deyiladi rezolyutsiyada.
Yevroparlament Yevropa Ittifoqi Kengaşi va unga aʼzo davlatlarni ham tan olmaslik böyiça xuddi şunday siyosat yuritişga, Davlat Dumasining yangi tarkibi bilan rasmiy aloqalardan tiyilişga, rossiyalik deputatlarning parlamentlararo assambleyalardagi iştirokiga yöl qöymaslikka hamda «Rossiyada erkin va adolatli saylov ötkaziş imkoniyatiga putur yetkazişga masʼul bölgan şaxslarga» qarşi sanksiyalar kiritişga çaqirdi.
«Rossiya hukumati uşbu saylovni sahnalaştiriş orqali faqat bitta maqsadni közlagan - yaʼni Putinning saylov legitimligi, uning töxtovsiz içki qatağon siyosati va eng asosiysi, Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşi göyoki qonuniy ekani haqida soxta taassurot uyğotiş», - deb xulosa qilinadi hujjatda.
IX çaqiriq Davlat Dumasiga saylov 18–20-sentabr kunlari bölib ötdi. MSK rekord darajadagi 349 ta mandatni qölga kiritgan «Yedinaya Rossiya» partiyasining ğalabasini eʼlon qildi. Şu bilan birga, mustaqil saylov tahlilçilarining hisob-kitoblariga köra, hukmron partiya foydasiga 30 million «qoğoz» ovozdan 18 milliondan ortiği soxta tarzda «taşlangan» bölişi mumkin, uning asl natijasi esa 35 foizdan oşmaydi.

















