Özbekiston va Rossiya örtasida diplomatik aloqalar örnatilganiga 25 yil böldi. Şu munosabat bilan Özbekiston TIV va Rossiya TIV özaro tabrik almaşgan.
"Özbekiston va Rossiya örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligi munosabati bilan eng samimiy tabriklarim va iliq tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Ötgan çorak asr davomida mamlakatlarimiz ikki tomonlama aloqalarning deyarli barça muhim sohalarida, şuningdek xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar yönalişi böyiça özaro manfaatli hamkorlik örnatdi.
Özbekiston va Rossiya örtasida savdo-iqtisodiy, harbiy-siyosiy va gumanitar sohalardagi aloqalarning dinamik rivojlanişi hamda strategik hamkorlikning çuqurlaşuvi Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlaşga xizmat qilişi haqidagi fikringizga qöşilaman.
Ijozatingiz bilan yana bir bor Sizga öz minnatdorçiligimni bildirib, Siz, hurmatli Sergey Viktoroviç, va Siz orqali butun Rossiya Taşqi işlar vazirligi jamoasiga farovonlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman", deyilgan Özbekiston TIV rahbari Abdulaziz Komilov tabrigida.











