Tunda oçiq qoldirilgan va yotoqxonaga salqin havo kirituvçi deraza oynasi II turdagi diabet va semizlikdan xalos bölişga yordam beradi. Niderlandiyadagi Leydan universiteti tadqiqotçilarining ilmiy izlanişlari BMJ Open Diabetes Research & Care jurnalida taqdim etildi. 

Olimlar AQŞning 50 ştati, Guam oroli, Puerto-Riko va Virgin orollarida örtaça harorat va diabet böyiça ma'lumotlarni örganib çiqişdi. Ma'lum bölişiça, harorat kötarilgani sari diabetga çalinganlar soni 0,314 taga köpaytgan. Şu tariqa, issiq uylar va idoralarda köp vaqt ötkaziş butun dunyo böylab bir yilda minglab semizlik va diabet holatlarini keltirib çiqarar ekan. 

Inson organizmida ikki turdagi yoğ töplanadi: kaloriyalar zaxirasidan örin olgan oq yoğ va qayta işlanib energiyaga aylanuvçi hamda tanani isituvçi jigarrang yoğ. Atrofdagi harorat qançalik yuqori bölsa, tanani isitişga şunça kam kaloriya sarflanadi, bu esa ortiqça vazn töplanişi va diabet rivojlanişiga sabab böladi. Tananing sovuşi metabolizmni tezlaştiradi. Şamollaş esa soatiga 400 kaloriyagaça yöqotiş imkonini beradi.