Dubayning Emirates aviakompaniyasi AQŞ tomonidan joriy qilingan samolyot salonida elektronika olib ötişga nisbatan qöyilgan çeklovlarni kamaytirib, yölovçilarga samolyot bortga qöngunga qadar noutbuklardan foydalanişga ruxsat bermoqçi. Bu haqida Arabian Business naşri xabar berdi.
Bundan avval Emirates 25 martdan boşlab AQŞ tomonidan bu mamlakatga amalga oşiriladigan reyslarda salonda yirik elektronikani taşişga doir çeklovlar kuçga kirişini rasman tasdiqlagan edi. Yangi qoidalarga köra, yölovçilar uyali telefon va smartfondan kattaroq bölgan elektron qurilmalarni bortga olib çiqa olişmaydi, ular yukxonaga topşiriladi. Faqatgina tibbiyot uskunalari bundan mustasno.
Biroq aviakompaniya özining yangi bayonotida yölovçilar salonga kirgunlariga qadar ularga noutbuk va planşetlardan foydalanişga ruxsat berilişini ma'lum qildi. U holda aviakompaniya xodimlari uşbu qurilmalarni yukxona bölimida saqlaş uçun topşirişadi. Yölovçilar öz manzillariga yetib kelişganidan söng elektron qurilmalar egalariga qaytariladi.
Aviakompaniya bu xizmatlarni tezkorlik bilan körsatiş maqsadida qöşimça xodimlarni jalb qilişini ma'lum qilgan.
Emirates prezidenti Tim Klark AQŞning yangi xavfsizlik çorasini "amaliy jihatdan murakkab" deb atadi.












